Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida noyob qor qoploni paydo bo‘ldi (video)
18.09.2020 15:14,  
392

2 iyul kuni Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonga O‘zbekiston va jahon «Qizil kitob»iga kiritilgan qor qoploni ikki bor tushib qolgan. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur – Ilvirs, qor qoploni Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi qizil ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

U G‘arbiy Tyan-Shan, G‘arbiy Pomir-Oloy tizmalarida, O‘zbekistondan tashqarida Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, janubi Mo‘g‘uliston, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal, Butanda tarqalgan.

Qor qoploni tog‘larning o‘rta va yuqori (dengiz sathidan 2500–4500 m balandlikda) qismida yashaydi. Havza ayirg‘ichlari hamda qoyali tosh-sochma qiyaliklarni afzal ko‘radi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан