Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uilbur Ross AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun maksimal darajada yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi
14.11.2020 12:21,  
171

Muzokaralarda O‘zbekiston – Amerika sherikchiligining bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash borasida keyingi qadamlar kelishib olindi.

Tomonlar investitsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildilar - O‘zbekistonda hozirgi kunda Amerika investitsiyalari ishtirokida 276ta, shu jumladan, yuz foiz Amerika kapitaliga ega bo‘lgan 113ta kompaniya faoliyat yuritayotganligi qayd etildi. 

Suhbat davomida Amerika va O‘zbekiston biznes hamjamiyatlarini bir-biriga yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi, shu maqsadda joriy yilning noyabr oyi oxirida yangi loyiha va tashabbuslarni ilgari surish maqsadida AQSh yirik korporatsiyalari rahbarlari ishtirokida “davra suhbati” shaklida videokonferensiya o‘tkazishga kelishib olindi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ikki tomonlama tovar ayirboshlashni hajm va tarkib jihatidan oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi. Shu nuqtayi nazardan, pandemiya sharoitlarida shartnomaviy-huquqiy asoslarni mustahkamlash va elektron tijoratni rivojlantirish uchun birgalikda harakatlarni faollashtirish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan mintaqaviy ahamiyatga molik qator loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonida AQShning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordami, xususan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) texnik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirildi. Shu bilan birga, U. Ross AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun maksimal darajada yordam ko‘rsatishda davom etishiga ishontirdi.

Tovar va xizmatlarning AQSh bozoriga chiqish bo‘yicha joriy yilning iyul oyida boshlangan muzokaralarda ham sezilarli yutuqlarga erishilganligi qayd etildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda tashkil etilgan konstruktiv muloqot O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayoniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.

To‘qimachilik sohasida hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi - Amerika brendlari va o‘zbek to‘qimachilik korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning ulkan salohiyati ta’kidlandi. Buning zamirida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlay oladigan xom ashyo va ishlab chiqarish ob’yektlarining mavjudligi yotibdi. Tomonlar o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va AQShga to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berishdan manfaatdor bo‘lgan Amerika kompaniyalari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keyingi qo‘shma qadamlarni belgilab oldilar.

O‘zbekiston tomoni AQSh Mehnat vazirligi tomonidan majburiy bolalar mehnatidan foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxatidan o‘zbek paxtasini chiqarib tashlagani va uni sotib olish taqiqini bekor qilish masalasini hal etishda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 

AQSh savdo vaziri mintaqada o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilash va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyiha va tashabbuslarni jadal amalga oshirishda O‘zbekiston tomonini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан