Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukraianada favqulodda holat joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi
23.02.2022 19:46,  
157

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) Donetsk va Lugansk viloyatlaridan tashqari butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy etishga qaror qildi. 

Endi Milliy xavfsizlik kengashining qarori 48 soat ichida Ukraina Oliy Radasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat 30 kunga joriy qilinadi, zarurat tug‘ilsa, Ukraina prezidenti uni yana 30 kunga uzaytirishi mumkin.

Favqulodda holat sharoitida jamoat tartibi kuchaytirilishi va transport harakati cheklanishi mumkin, dedi Danilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, komendantlik soati ayrim hududlarda faqat zarurat tug‘ilganda – Rossiya tomonidan tajovuz kuchaygan taqdirda joriy etiladi.

MXMK kotibi favqulodda holat joriy etilishi ukrainaliklar hayotiga «radikal» ta’sir ko‘rsatmasligiga ishontirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar kerak bo‘lsa, Ukrainada harbiy holat joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан