Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukrainada avtobusni garovga olgan terrorchi hibsga olindi (video)
22.07.2020 13:36,  
691

Ukrainaning Lutsk shahrida avtobusni ichidagi yo‘lovchilari bilan garovga olgan va ushlab turgan Maksim Krivosh maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olindi. Garovga olinganlar ozod qilindi.

Hibsga olinishidan avval Krivosh Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan. Prezident terrorchining talablaridan birini bajardi: u videomurojaatni yozib oldi. Video nashr etilgach, Krivosh dastlabki garovga olinganlarni: ikki ayol va bir bolani ozod qildi.

Krivosh 21 iyul kuni ertalab avtobusni garovga oldi. Politsiya uning qurol va portlovchi moddalarga ega ekanligini xabar qildi. Terrorchi Ukraina amaldorlari va yirik ishbilarmonlardan “Men qonuniy terrorchiman” va 2005 yildagi “Yer ko‘chkisi” filmi. Hamma tomosha qilsin" degan jumlalar bo‘lgan videomurojaat yozishlarini talab qildi.

Krivosh avval ham jiddiy jinoyatlar uchun bir necha bor sudlangan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak ruhiy kasallikka chalingan va psixiatrda ro‘yxatga olingan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан