Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukrainaning Bees Airline loukosteri Kiyevdan Samarqandga qatnay boshladi
3.09.2021 20:06,  
48

Ukrainaning Bees Airline loukosteri 30 avgust kuni Kiyevdan Samarqandga o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Spot Flight Radar servisi ma’lumotlariga tayanib.

Kompaniya chiptalar savdosini avgust oyi boshlarida e’lon qilgandi. Biroq oradan bir necha kun o‘tib Transport vazirligi O‘zbekistonda muntazam yoki charter parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan Bees Airline’dan murojaat kelib tushmaganini ma’lum qildi va xorij aviakompaniyalari «O‘zaviatsiya» tegishli ruxsatnomasini olishi va ana shundan so‘ng aviachiptalar sotuvini boshlashi lozimligini eslatib o‘tdi.

Ammo Bees Airline nafaqat rejalashtirilgan parvozni amalga oshirdi, balki 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan keyingi reys uchun ham chiptalarni sotmoqda.

Ma’lumot uchun, Bees Airlines — Ukraina byudjet aviakompaniyasi bo‘lib, Kiyev aeroportida, 2019 yilda tashkil etilgan. Havo parki 4 ta samolyotdan (Boeing-737-800) iborat. Armaniston, Bolgariya, Gretsiya, Gruziya, Misr, Turkiya, Chernogoriya va ichki yo‘lovchi tashish uchun charter reyslar amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан