Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uloq-ko‘pkari o‘yinidagi YTH: “Kamaz” “Zil” ustiga chiqib ketdi
15.11.2021 08:53,  
319

14 noyabr kuni Samarqand viloyatida “Kamaz” va “Zil” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat 16:00 atrofida viloyatning Payariq tumani hududida o‘tkazilgan uloq-ko‘pkari o‘yini davomida sodir bo‘lgan. 

Bellashuv bo‘lib o‘tayotgan joy atrofidagi balandlikda turgan “Kamaz” rusumli yuk avtomobili haydovchisi e’tiborsizlik qilib, qo‘l tormozini tortmaganligi oqibatida, avtomobil pastlikka harakatlanib ketgan va “Zil” rusumli yana bir yuk avtmobili bilan to‘qnashgan.

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohat olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан