Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urgutlik otaxon yoshiga yarashmagan ish qildi
12.01.2022 21:39,  
1763

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi chegara qo‘shinlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 11 yanvar kuni narkotik vositalar savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida Urgut tumanida yashovchi, 65 yoshli fuqaro X.A. yaqin qarindoshi, 1990 yilda tug‘ilgan X.U. yordamida uning boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasida 497,51 gramm “opiy” giyohvand moddasini olib ketayotgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu narkotik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan. Mazkur holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Afsuslanarlisi, otaxon ilgari ham shunday jinoiy qilmishi uchun Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan sudlangan va bundan xulosa chiqarmagan ekan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан