Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Firibgarlik bilan uy-joy uchun yer sotmoqchi bo‘lib, 81 mln so‘m olgan fermer ushlandi
29.04.2020 12:20,  
266

Norinda 3 nafar fuqaroning 81 mln so‘m mablag‘ini qo‘lga kiritgan fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi tomonidan fuqaro A.ning tumanda faoliyat ko‘rsatuvchi “A-O” fermer xo‘jaligi rahbari T.R.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, yozgan murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda,  fermer xo‘jaligi rahbari T.R. fuqaro A. va yana 2 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab, “Katta O‘lmas” massivi hududidagi xo‘jalikning sug‘oriladigan ekin yer maydonlari hisobidan ularga uy-joy qurish uchun yer ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 81 mln. so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv davomida fermer xo‘jaligi rahbari T.R. muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlanganligi ma’lum bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan “A-O” fermer xo‘jaligi rahbari  T.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан