Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAuto Motors 9 oyda eksport qilgan avtomobillarning 96 foizi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keldi
2.11.2021 13:16,  
71

O‘zbekiston 2021 yilning 9 oy davomida xorijga 25 171 ta yengil avtomobil eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 million dollarga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobillarni eksport qilgan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan. Shuningdek, 9 oy ichida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozog‘iston – 24 137 ta;
Ukraina – 448 ta;
Rossiya – 320 ta;
Afg‘oniston – 128 ta;
Tojikiston – 64 ta;
Ozarbayjon – 37 ta;
Qirg‘iziston – 30 ta;

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан