Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«UzAuto Motors» avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
25.09.2021 08:10,  
598

«UzAuto Motors» keng ko‘lamli modernizatsiya ishlaridan so‘ng, o‘z ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, shu yil iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borilgan.

Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda «UzAuto Motors» kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.

«UzAuto Motors»ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800dan ortiq avtomobilga yetdi.

Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан