Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways 24 dekabrdan boshlab Dehliga parvozlar sonini oshiradi
19.12.2021 11:23,  
29

Yo‘lovchilarning yuqori talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, 2021 yilning 24 dekabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Dehliga va ortga parvozlarning ikkinchi chastotasini joriy qiladi, deya xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Endilikda, Toshkent– Dehli–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba – seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkent–Dehli (Toshkent vaqti bilan): jo‘nab ketish 02:15, manzilga yetib borish 05:45;

Dehli–Toshkent (Dehli vaqti bilan): jo‘nab ketish 08:15, Toshkentga yetib kelish 10:45.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2 million 282 850 so‘m (bagajsiz) va 2 million 612 459 so‘m (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 million 922 586 so‘m (bagajsiz) va 4 million 435 311 so‘m (bagaj bilan birga).

Narxlar 2021 yil 17 dekabr holatiga ko‘ra amal qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан