Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Valday” xalqaro munozara klubi ekspertlari Samarqandda yig‘ilmoqda
9.11.2019 18:07,  
110

“Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan konferensiya ertaga – 10 noyabr kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida o‘z ishini boshlaydi.

“Markaziy Osiyo va Yevro Osiyo: global tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik” mavzusidagi bu yilgi konferensiyada ishtirok etish uchun Samarqandga o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatdan ekspertlar, siyosatshunoslarning kelishi davom etmoqda.

“Valday” klubining Samarqanddagi anjumanida 11 ta davlatdan, jumladan O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston, Tojikiston, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Shvetsiyadan 70 dan ko‘proq ekspert ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekistondan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Qurmanov, Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining raisi Akmal Saidov ishtirok etadi. Ekspertlar darajasida esa Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Sherzod Abdullayev qatnashadi.

Ayni vaqtda, vaqtdan samarali foydalanish maqsadida Samarqandda bo‘lib turgan mehmonlar uchun shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy-madaniy obidalar bo‘ylab sayohat tashkil etilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан