Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vanihoyat 1 apreldan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi
25.03.2021 20:28,  
550

Rossiya joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekiston , Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston va Shri-lanka bilan muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda "ria.ru" xabar bermoqda .

"Muhokama natijasida alohida mamlakatlardagi vaziyatni hisobga olgan holda va Bosh vazir Mixail Mishustin bilan kelishilgan holda Venesuela (Moskva-Karakas haftasiga ikki marta), Suriya (Moskva-Damashq haftasiga bir marta), Tojikiston (Moskva-Dushanbe haftasiga bir marta), O‘zbekiston (Moskva-Toshkent haftasiga bir marta) va Shri-Lanka (Moskva-Kolombo haftasiga bir marta) bilan o‘zaro xalqaro reyslarni 2021 yil 1 apreldan boshlab davom ettirishga qaror qilindi", - degan Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Shuningdek, 1 apreldan Germaniya aviatsiya boshqarmasi bilan kelishgan holda Franfukt-Mayn – Moskva  – Franfukt-Mayn - haftasiga 5 marta, Franfukt-Mayn – Sankt-Peterburg – Franfukt-Mayn - haftasiga 3 marta, Moskva – Berlin – Moskva - haftasiga 5 marta va Moskva – Franfukt-Mayn – Moskva- haftasiga 3 marta yo‘nalishida parvozlarni tiklashga kelishilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан