Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Vaqt mashinasini ixtiro qilgan” hokimliklar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
29.10.2021 09:21,  
234

Avvalroq, Taxiatosh, Boysun, Bo‘ston va Termiz tumani hokimlari tomonidan xalq deputatlari Kengashlari majlisini o‘tib ketgan sanaga chaqirish to‘g‘risidagi qarorlar imzolangani haqida xabar bergandik.

Shundan so‘ng, Termiz va Boysun tumani hokimliklari ushbu holatga izoh berishdi.

Termiz tumani hokimligi Matbuot xizmatining qayd etishicha, haqiqatdan ham tuman hokimining sessiya chaqirish to‘g‘risidagi qarori 21 oktyabr kuniga belgilangan bo‘lsada, bu haqda 25 oktyabr kuni qaror qabul qilingan.

“Yuqoridagi holatga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan amaldagi qonunlar asosida chora ko‘rilishi ta’minlanib, kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Boysun tumani hokimligi ham o‘zining rasmiy munosabatida haqiqatdan 13 oktyabrdagi qaror bilan 11 oktyabr kuniga sessiya chaqirilganini tan olgan. 

Bunga ham aybdor qilib mas’ul xodim ko‘rsatilgan. Ya’ni, mas’ul xodimning e’tiborsizligi tufayli tayyorlangan qaror loyihasi kechiktirib elektron dasturga kiritilgan.

Ushbu hokimlik ham mas’ul xodimga intizomiy chora qo‘llanganini, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан