Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazir Bobojonovga videomurojaat qilgan inspektor qamoqqa olindi
16.11.2021 22:42,  
1752

Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fuqarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Gumonlanuvchi turli bahonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan ayb e’lon qilinib, 13 noyabr kuni sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14 noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari ta’minlangan holda tergovga jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ushbu xodimning vazir Bobojonovga videomurojaati e’lon qilingandi. Unda murojaatchi Namangan shahar IIB, 2-sonli IIB da sodir bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan shikoyat qilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан