Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vaziyat shunday davom etsa, karantin choralari kuchaytirilishi mumkin – SSV
15.03.2021 22:54,  
1516

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirusga chalinganlarning ko‘payib borishi aholi orasida xavotirlarga sabab bo‘lyapti. Odamlarni tashvishga solayotgan asosiy masala virus tarqalishi tezlashsa maktab, oliygoh va bog‘chalar yopilib, qat’iy karantin joriy qilinadimi degan masala bo‘lib turibdi.

Mazkur savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev QALAMPIR.UZ’ning “Corona” marafonidagi ishtiroki vaqtida oydinlik kiritdi. Suhbat davomida vazirlik vakilidan so‘nggi kunlarda e’lon qilinayotgan raqamlar odamlarni xushyorlikka chaqirish uchun emasmi, degan savol o‘rtaga tashlandi.

“Son jihatidan oxirgi uch kunda yuqoriladi, ayniqsa, Toshkent shahrida. Bugun 111 ta kasallanish haqida ma’lumot berdik. Bu 2021 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Biz 2020 yilda koronavirusni jilovlay oldik va shu sababdan ko‘pchiligimiz kasallikni unutdik. Lekin uning manbasi butunlay yo‘q bo‘lmagan. Biz esa niqob taqishni, oddiy sanitariya qoidalariga amal qilishni unutib yubordik. To‘y-marakalar 300-400 kishi bilan o‘tkazilyapti, birortasida niqob ko‘rmaysiz. Agar Toshkent shahridagi vaziyat shunday davom etsa, karantin choralarini kuchaytirishimizga to‘g‘ri keladi.

2020 yilda koronavirusni kattalarga, vazni og‘ir, surunkali kasalligi bor odamlarga yuqqan bo‘lsa, endi mutatsiya bo‘lib yoshlarga, o‘smirlarga yuqyapti. Hozir maktab o‘quvchilari, bog‘cha tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ham biroz ko‘paygan. Agar shu shiddatda davom etsa, Toshkent shahrida maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqarilishi yoki onlaynga o‘tkazilishi mumkin. Bittagina yo‘li shu”, deydi Furqat Sanayev.

Uning ta’kidlashicha, vaziyat yomonlashsa, mamlakatda ko‘ngilochar va madaniyat maskanlari ham yopilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан