Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Videolavhadagi chigirtkalar chetdan kelmagan — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
16.05.2020 12:25,  
1062

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan chigirtkalar yopirilib kirib kelgani haqida turli xabarlar tarqamoqda. Ayni karantin va ob-havoning injiqliklari sabab qishloq xo‘jaligiga ta’sir o‘tkazishi aytilmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, “Ozodlik” radiosida tarqagan videolavhadagi chigirtkalar chetdan kelmagan, balki tabiatning ajralmas a’zosi sifatida hududning o‘zida paydo bo‘lgan. Bular uchib uzoq hududlarga, mamlakatdan mamlakatga ko‘chib o‘tishi uchun qanot chiqarib, voyaga yetishi kerak. Bunga esa chigirtkalarga qarshi kurash xizmati aslo yo‘l bermaydi.

Ma’lumot uchun, respublikamizda 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan bo‘lib, shulardan 10 turi qishloq xo‘jalik ekinlari, yaylovlar va boshqa o‘simliklarga katta zarar yetkazishi mumkin. Chigirtkalarning yashash tarziga qarab 2 guruhga ajratiladi. Bular to‘da hosil qilib yashovchi marokash, osiyo va voha chigirtkalari hamda to‘da hosil qilmaydigan (mahalliy) chigirtkalardir.

Keng tarqalgan chigirtka turlaridan biri Marokash chigirtkasi bo‘lib, bu tur Shimoliy Afrika davlatlari hududidan Xitoy Xalq Respublikasining Sharqiy Turkiston o‘lkasigacha, qariyb 10 million kv.km bo‘lgan tog‘ oldi maydonlarining yarim cho‘llarida tarqalgan. U Afg‘oniston, Qirg‘izston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlarining, O‘zbekiston bilan chegaradosh tumanlarida dengiz sathidan 250-1 ming 600 metr balandlikdagi tog‘ oldi hududlarining mavsumiy o‘simliklar o‘sadigan yaylovlarda uchratish mumkin.

O‘zbekistonda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining dengiz sathidan 250 metr balandliklarda bo‘lgan hamma hududlarida uchraydi. Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysining yaylovlarda keng tarqalgan. Ushbu chigirtka lichinkalari erta bahorda tuproqning ustki qatlami harorati +10 darajaga yetganda, ya’ni mart oyining oxirlarida, bahor salqin kelgan yillarda esa aprel oyining o‘rtalarida chiqadi.

Chigirtkalar barcha qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararlaydi: arpa, bug‘doy, oq jo‘xori, tariq, makkajo‘xori, tamaki, beda, g‘o‘za va poliz ekinlariga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Yoppasiga ko‘paygan yillarda tok va mevali daraxtlarning barglari bilan ham oziqlanadi. Ushbu zararli hasharotlar O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan buyon mavjud. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning birinchi yarmida ko‘plab ocharchiliklarga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, zarali chigirtkalarni ilmiy nuqtai-nazardan o‘rganish asosida samarali kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.

Hozirgi paytda respublikamizda davlat byudjetidan ta’minlanadigan chigirtkalarga qarshi kurash xizmati faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu tashkilotning barcha viloyatlarda bo‘limlari mavjud. Tajribali mutaxassislardan iborat xodimlar O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda ishlab, zararli chigirtkalarning paydo bo‘lish o‘choqlarini aniqlash, qishlab chiqish sharoitlari va muddatlarini o‘rganish, tahliliy ma’lumotlarini ishlab chiqish va joylarga yetkazish asosida samarali kurash tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.

Xususan, respublikamiz bo‘yicha 2019 yilda 503,4 ming gektar maydonlarda ishlovlar o‘tkazilib, chigirtkalarning qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarari bartaraf etilgan. 2020 yilda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 597,9 ming gektarda tarqalishi va kimyoviy ishlov o‘tkazilishi bashorat qilingan. Bu boradagi kurash tadbirlari bo‘yicha ish dasturlari ishlab chiqilib joylarga yetkazilgan. Shuningdek, bo‘ yilgi kurash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha texnika, yoqilg‘i moylash materiallari va kimyoviy vositalar zahirasi to‘liq yaratilgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 38,1 ming gektarda, Surxondaryoda 31 ming gektar, Jizzaxda 23 ming gektar, Samarqandda 7,7 ming gektar, Toshkentda 6,1 ming gektar, Navoiyda 5,1 ming gektar, Farg‘onada 754 gektar, Sirdaryoda 177 gektar, Buxoroda 66 gektar va Andijon viloyatida 40 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.

Zararli chigitkalarga qarshi kimyoviy ishlovlarni o‘tkazishga zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 320,6 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar va 211 ming gektarni ta’minlaydigan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zahirasi yaratilgan.

Qoraqalpog‘iston respublikasida va Xorazm viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi ishlovlar may oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан