Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Viloyatlarda koronavirusga qarshi emlanmagan xodimlarga qonuniy chora ko‘riladi
18.11.2021 17:59,  
213

“Respublikamizga aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida xorijiy davlatlarda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan va yuqori baholangan vaksinalar olib kelindi. Hududlarda tashkil etilgan emlash punktlari va emlash mobil brigadalari tomonidan dastlab 65 yoshdan yuqori va keyinchalik 18 yoshdan kattalarni bepul emlash ishlari tashkil etildi.

Vaksina – yagona chora bo‘lgani sababli mamlakatimizda aholini emlash bo‘yicha bir qancha qonun-qoidalar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, COVID-19ga qarshi emlanish majburiy qilib belgilandi. Bu kabi qonunlarga amal qilmaslik holatlari ustidan qattiq nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ayni paytda yurtimizning barcha viloyatlarida nazorat tadbirlari boshlangan”, — dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov xabarida.

Ilk natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirlari o‘tkazilgan va 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan. Ulardan 1402 nafari tadbirkorlik sub’yektlari va 5035 nafari esa byudjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolardir.

Bu kabi fuqarolarga albatta qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmagani uchun qonuniy choralar ko‘rildi. Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608tani tashkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirilgan, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortilgan bo‘lsa, beshtasi faoliyati to‘xtatilgan ob’yektlardir.

Ta’kidlanishicha, boshqa viloyatlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari ham tez orada e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан