Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vorisova va Qodirov Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdi
25.10.2021 21:37,  
66

XDP va “Milliy tiklanish” demokratik  partiyalaridan prezidentlikka nomzod bo‘lganlar Maqsuda Vorisova va Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdi.

“Biz buni xalqimiz siyosiy irodasining amaldagi ifodasi deb bilamiz va saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olamiz”, - dedi Vorisova.

Uning ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” xalqning qalbidan chuqur o‘rin egalladi.

Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov ham Shavkat Mirziyoyevni o‘zi va partiya nomidan samimiy tabrikladi.

“Alisher Qodirov barchamizning umumiy maqsadimiz bo‘lgan ona Vatanimizning taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda faoliyat ko‘rsatishimiz lozimligini ta’kidladi”, - deyiladi partiya bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан