Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






WhatsAppning yangi siyosati Telegram foydalanuvchilari sonini keskin oshirib yubordi
10.01.2021 11:01,  
431

    Telegram asoschisi bo‘lgan Pavel Durov bu borada o‘z fikrlarini bildirdi: «Millionlab odamlar WhatsApp’ning foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishdan hayratga tushdi. Unga ko‘ra, endi WhatsApp foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari Facebookga yetkazib turiladi. Bu esa bir necha yildan buyon davom etayotgan odamlarning WhatsApp’dan Telegramga «ko‘chib o‘tish» tezligini yanada oshirdi», degan Durov.
      Telegram asoschisi uning messenjeri Facebook uchun jiddiy muammo bo‘lgani haqida ham gapirdi: «Eshitishimcha, Facebook Telegram nega bu qadar mashhurligini aniqlash uchun butun boshli guruh tuzilgan», deydi Durov. Telegram asoschisi messenjerni yomonlab xabar tarqatuvchi botlar aniqlanganini ham ma’lum qildi.
     WhatsApp foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Facebookga berishi haqidagi xabar butun dunyo bo‘ylab messenjerdan foydalanuvchilar tanqidiga sabab bo‘lgandi. Kompaniya bu ishni Facebook’ga tegishli ekani bilan izohlagan: «Facebook messenjerining bir qismi sifatida WhatsApp kompaniyaning boshqa tarmoqlaridan ma’lumotlar oladi va endilikda ularni ulashadi ham», deyilgandi WhatsApp bayonotida. 
     Dunyo bo‘ylab katta mashhurlikka erishgan WhatsApp 2014 yil Facebook tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingandi. O‘tgan yil oktyabrda AQSH Adliya vazirligi Facebookni WhatsApp va Instagramga egalik qilishi sabab monopollikda aybladi. Biroq Facebook bu savdolarni vazirlikning o‘zi tasdiqlaganini aytib, vaziyatdan chiqib ketdi.
        Telegramning dunyo bo‘ylab foydalanuvchilari soni 500 milliondan ko‘pligi aytiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан