Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlariga kirishdi
21.03.2021 18:33,  
111

Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlariga kirishdi. Bu haqida Partiya matbuot xizmati ma’lum qildi. Barchamiz muhim siyosiy voqelik – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari arafasidamiz. Unda faol va munosib ishtirok etish Xalq demokratik partiyasining ustuvor maqsadidir.

XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hay’atining tegishli qarori qabul qilindi saylovga tayyorgarlik jarayonlari boshladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Dasturda bir qator dolzarb ijtimoiy masalalarda takliflarni ilgari surish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun partiyaning 44 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Saylovoldi dasturi loyihasini tayyorlashda ilmiy doiralar va partiya a’zolari, keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot va muhokamalar o‘tkazish, xalqimizni o‘ylantirayotgan, yechimini kutib turgan masalalarni hal qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlar hamda takliflarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov kecha Samarqand viloyatida, o‘tgan haftada Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida shu masala bo‘yicha dastlabki muloqotlarni o‘tkazdi.

Partiya dasturi kabinetda o‘tirib yozilishi kerak emas. U odamlar, partiya a’zolarining takliflari asosida shakllantirilganda hayotiy bo‘ladi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

Xalq demokratik partiyasi o‘z elektorati, jamoatchilik vakillari ishtirokida, respublika bo‘ylab ochiq muloqot va muhokamalarni tashkil etadi.

Barchamiz muhim siyosiy voqelik – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari arafasidamiz. Unda faol va munosib ishtirok etish Xalq demokratik partiyasining ustuvor maqsadidir, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан