Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqaro islom akademiyasida imtihonga kirish uchun yana bir imtihon joriy etildi
6.06.2020 14:46,  
629

«O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (358-son, 05.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan o‘tish tartibi joriy etiladi. Bunda, dastlabki imtihon natijalariga ko‘ra abituriyentlarni kirish imtihonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.

Qaror bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Akademiyaga qabul davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi.

Akademiyaga o‘qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

  • dastlabki imtihon;
  • kasbiy (ijodiy) imtihon va kirish test sinovlari.

Dastlabki imtihon har yili Akademiyaning qabul komissiyasi belgilaydigan muddatlarda o‘tkaziladi. Imtihonni o‘tkazish jadvali imtihondan kamida 10 kun avval Akademiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlar bilan suhbatlashish, dastlabki imtihonni topshirish jarayoni video va audio vositalar yordamida yozib olinadi.

Dastlabki imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi. Imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil etadi.

Dastlabki imtihonni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Imtihon o‘tkazilgandan keyin 2 kun davomida natijalari e’lon qilinadi.

Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga kirish test sinovlarini Akademiyaga o‘qishga kirish uchun belgilangan tartibda topshirishga ruxsat etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан