Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Xatirchi Textile” MChJni inqirozga olib kelishga urinayotganlarning manfaati ustunmi?
10.04.2022 16:36,  
197

El so‘zi bilan aytganda, bu inson chinakam qahramon! Ilgari Xatirchining olis bir nuqtasi bo‘lmish odam oyoq bossa botqoqlikka botadigan, xali o‘zlashtirilib ulgurilmagan xaroba yer bugun mutlaqo tanib bo‘lmas makonga aylantirilgan. Mirishkor tadbirkor Zavqiddin Mahmudovning katta mehnati, sa’yi-harakatlari bilan Chuvak qishlog‘ida “Xatirchi Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy korxona qad rostladi. Endilikda qishloq kishilari ishli bo‘lib, oilalariga daromad kirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yilning 28 martda Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 iyundagi “2017-2018 yillarda Navoiy viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 366-sonli qaroriga asosan “Asakabank”ga Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida 6,2 ming tonna ip-kalava, 6 million.kv.metr gazlama va 4000 tonna bo‘yalgan ip mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega tekstil korxonasini ishga tushirib, 1000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish topshirig‘i berilgan edi.

Afsuski, yurt rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar natijasi Xatirchida ko‘ngildagidek emas. Dastlab, “Xatirchi Textile” MChJ korxonasining ishga tushirilishi 2021 yilning may oyiga to‘g‘ri keldi. Aslida esa korxona o‘z faoliyatini yuqorida aytilgan muddatdan oldin erta boshlashi kerak edi. Biroq, hozirga kunga qadar korxona elektr energiyasi ta’minoti masalasida turli to‘siqlar bilan kurashib kelmoqda. Shu sababdan, korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushib ketolmagan. Ta’kidlanishicha,  ayrim amaldorlarning bosimi ostida qolgan korxonaning faoliyat yuritishiga imkon berilmaslik, tezroq inqirozga olib kelinishga bo‘layotgan nojoiz harakatlar tadbirkorni sarsonu-sargardon ahvolga solib qo‘ygan. O‘z o‘rnida, biz korxona bilan bog‘liq muammo ko‘lami kengroq ekanini inobatga olib, buning tarixiga biroz to‘xtalib o‘tamiz.

Dastavval, 2017 yil 4 aprelda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Yagona darcha markazidan №500437 ro‘yxatdan o‘tkazilib, “Asakabank” tarkibidagi  “Asaka Capital Invest” MChJ (M.Bo‘ronov) ta’sischiligida “Xatirchi Textile” MChJ o‘rtasida kredit shartnomaga asosan ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha tashkil etildi.

2020 yil 2 martda 2017 yil 29 iyundagi Xatirchi tuman hokimining 1116-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritilib, 358-sonli qarorga asosan A.Navoiy massivi hududidan “Xatirchi Textile” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga 282 q-konturidan doimiy foydalanish huquqi bilan 8 gektar yer maydoni ajratilgan. 

“Asaka Capital Invest” ma’suliyati cheklangan jamiyati ta’sischiligidagi “Xatirchi Textile” ma’suliyati cheklangan jamiyati va “Temur Malik” MChJ o‘rtasida 2017 yil 27 iyulda  748 516 823 (yetti yuz qirq sakkiz million besh yuz o‘n olti ming sakkiz yuz yigirma uch) so‘mga tekstil fabrikasida qurilish montaj ishlarini bajarish uchun XT/2/2017 sonli pudrat shartnomasi tuzilgan. 

Shartnomaga asosan, 2017 yil 1 avgust №22 tulov topshiriqnomasiga asosan 450.0 ming (to‘rt yuz ellik million) so‘m, 2017 yil 17 sentyabr №33 tulov topshiriknomasiga asosan 200.0 ming (ikki yuz million) sum, 2017 yil 7 oktyabr №43 tulov topshiriknomasiga asosan 500.0 ming (besh yuz million) sum jami 1150,0 ming (bir milliard bir yuz ellik million) so‘m “Asaka Capital Invest” ma’suliyati cheklangan jamiyat ta’sischiligidagi “Xatirchi Textile” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Temur Malik” MChJ hisob raqamiga to‘lab berilgan.

Bundan tashqari, “Xatirchi Textile”MChJ tomonidan “Temur Malik” MChJ  hisob raqamiga 2200,0 ming (ikki milliard ikki yuz milion) so‘m qo‘shimcha kelishuvga asosan bino qurilish ishlarini bajarish uchun to‘lab berilgan.

“Xatirchi Textile” MChJ tomonidan “Temur Malik” MChJ  hisob raqamiga jami 3 350,0 ming (uch milliard uch yuz ellik million) so‘m to‘langan bo‘lib, “Temur Malik” MChJ tomonidan bajarilgan ishlar tasdiqlangan smeta loyihalari asosida dalolatnomalar tuzib topshirilmagan.

2018 yil 19 mayda ob’yektda bajarilgan qurilish montaj ishlari joyida chiqib  O‘zbekiston Respublikasi “Asakabank”, “Xatirchi Textile” MChJ, “Qiziltepa Beton qurilish montaj syervis” MChJ, “Temur Malik” MChJ xodimlari tomonidan nazorat  o‘lchovi o‘tkazilib smeta hujjatlari bilan taqqoslanganida, jami 2 375 132 711.0 (ikki milliard uch yuz yetmish besh million bir yuz o‘ttiz ikki ming yetti yuz o‘n bir ming) so‘mlik qurilish ishlari bajarilganligi aniklangan.

“Xatirchi Textile” MChJ tomonidan qurilish montaj ishlari uchun “Temur Malik” MChJ  bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib hisob raqamiga jami 3 350 000 000.0 (uch milliard uch yuz ellik milion) so‘m  ko‘chirib berilgan lekin bajarilgan ishlar 2 375 132 711.0 (ikki milliard uch yuz yetmish besh million bir yuz o‘ttiz ikki ming yetti yuz o‘n bir ming) so‘mni tashkil etib qurilish montaj ishlariga nisbattan olganda 974 867 289 so‘mlik (to‘qqiz yuz yetmish to‘rt milion sakkiz yuz oltmish yetti ming ikki yuz sakson to‘qqiz) qurilish montaj ishlari bajarilmaganligi aniqlangan.

Yuqoridagi qarzdorlikni undirish bo‘yicha 2019 yil 11 iyunda Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga №64 sonli da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, 2019 yil 12 avgustda 4-2101-1903/2171-sonli hal qiluv qarori qabul qilinib Toshkent shahar Yashnabod tumani majburiy ijro byurosiga yuborilgan bo‘lsada haligacha undirilmasdan kelinmoqda.

2018 yil 21 may kunidagi “Xatirchi Textile” MChJ ta’sischilarning №3 bayoniga “Asaka Capital Invest” ma’suliyati cheklangan jamiyat tomonidan moliyalashtirish to‘xtatilganligi sababli “Temur Malik” ma’suliyati cheklangan jamiyat bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan.

2018 yil 27 martdagi “Asaka Capital Invest” ma’suliyati cheklangan jamiyat boshqaruv yig‘ilishining №: 27 bayoni bilan “Qiziltepa Beton qurilish montaj syervis” ma’suliyati cheklangan jamiyat 2 000 500 000 (ikki milliard besh yuz ming) so‘m mablag‘ bilan “Xatirchi Textile” ma’suliyati cheklangan jamiyatga ta’sischi sifatida kirgan.

2018 yil 21 mayda “Xatirchi Textile” ma’suliyati cheklangan jamiyati va “Qiziltepa Beton qurilish montaj syervis” ma’suliyati cheklangan jamiyatinig o‘rtasida tekstil fabrikasida qurilish montaj ishlarini o‘z aylanma mablag‘lari va o‘zi ishlab chiqargan qurilish materiallari hisobidan bajarish to‘g‘risida №XT/3/2018 yil shartnoma imzolanib qurilish montaj ishlari boshlab yuborilgan. “Asaka Capital Invest” MChJ va “Xatirchi Textile” ma’suliyati cheklangan jamiyati  ustav fondidagi ulushi 3700 000 000.0 (uch milliard yetti yuz million) so‘m 38,17 % foizini, “Qiziltepa Beton qurilish montaj syervis” MChJ ulushi 5 994 323 904 (besh milliard to‘qqiz yuz to‘qson to‘rt million uch yuz yigirma uch ming to‘qqkiz yuz to‘rt) so‘mni yoki 61,83 % ni tashkil qiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun “Asakabank” AJ Navoiy filiali tomonidan kalava ip ishlab chiqarish, bo‘yash va bo‘z mato ishlab chiqarish uskunalari sotib olish maqsadida Commerzbank AG(13 891 413,00 yevro), Turkeximbank (1 946 032,50 yevro) xorijiy banklar hamda bankning o‘z mablag‘lari (2 500 649.25 yevro ekvivalentida milliy valyutada) hisobidan jami 18 338 095,0 yevro miqdorida kredit mablag‘i ajratish bo‘yicha 2018 yil 15 iyunda 290/1-sonli kredit shartnomasi tuzilib, kredit mablag‘lari ajratilgan. Keyinchalik 2020 yil 12 mayda “Xatirchi Textile” MChJ va Turkiyaning “Cancelik Elektrik Pano San.Tik.LTD.STI” o‘rtasida №:8 sonli elektr jihozlari olish uchun shartnoma imzolangan bo‘lib, “Asakabank” AJ tomonidan 507.0 ming AQSh dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan va ta’minotchiga 457.0 ming dollar ko‘chirib berilgan bo‘lib, 50.0 ming AQSh dollar hozirgi vaqtgacha “Asakabank” tomonidan ko‘chirib berilmaganiga qaramasdan, korxona o‘z mablag‘lari hisobidan elektr dastgohlarini keltirib o‘rnatgan.

Shuningdek, “Xatirchi Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2019 yilda  prokuratura tomonidan asossiz ravishda ishga tushmagan loyihaga ko‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha hisob raqamlari 7 oyga yopib qo‘yilganligi va 2020 yilda pandemiyadagi cheklovlarga va boshqa moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan, korxona o‘z mablag‘lari hisobidan 2020 yilning 4-choragida tekstil fabrikasining ip kalava va mato ishlab chiqarish binolari bitkazilib, tekstil dastgohlari to‘liq o‘rnatildi.

Biroq, vaqtinchalik ravishda bo‘lsa ham 2021 yilning iyun oyida Xatirchi paxta tozalash zavodining havo elektr uzatish liniyasidan korxonaning bir qismi ip-kalava ishlab chiqarish sexiga yetadigan quvvatda elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Mato to‘qish binosi hamda ip-kalavani bo‘yash binosida esa to‘liq dastgohlar o‘rnatilishiga qaramasdan, elektr energiyasi quvvati yetmasligi sababli texnik uskunalarni ishlatish imkoni bo‘lmadi. Oqibatda, ish unumdorligi yana sustligicha qolaverdi.

2021 yil 23 iyunda “Xatirchi Textile”  MChJ va Xitoyning “XIAMEN ITG GORUP CORP.LTD” o‘rtasida eksport shartnoma imzolangan bo‘lib, shartnoma shartlariga asosan, jami 200 tonna 620 ming AQSh dollarlik ip- kalava mahsuloti yetkazib berish majburiyatini olib, o‘z vaqtida mahsulot yetkazib berilgan.

Taassufki, “Asakabank” tomonidan tekstil fabrikalarini qurish va yangi ish o‘rinlarini yaratish loyihalari bo‘yicha Buxoro viloyatining Peshku tumanida “Peshteks invest” MChJ, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida “Nishontekstil” MChJ, Qaraqalpog‘iston Respublikasida Shimbay tumani “Shimbaytekstil” MChJ larda taqdimot qilinib, bironta loyiha to‘liq ishga tushmagan, sarflangan mablag‘lar esa talon-taroj qilingan.  

Ho‘sh, korxona uchun elektr energiyasi nega shu choqqacha berilmay kelindi? Korxona mas’ullari “Xatirchi Textile” MChJni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun talab etiladigan 16000 KVT kuchlanishli elektr podstansiyasini qurish uchun amaliy yordam so‘rab, bir necha joyga murojaat etgan. Lekin bu masala bo‘yicha mutasaddilar tomonidan xanuzgacha e’tibordan chetda qoldirib kelingan.

“Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Normat To‘lqinovich Tursunov tayinlangandan so‘ng, bir oy ichida viloyat hokimi ko‘magida tumandan bizning tekstil fabrikamizga yetadigan elektr energiyasi quvvati  aniqlanib, 2022 yilning 22 fevralda elektr tarmog‘iga ulab berildi. Bungacha Navoiy viloyat hokimi bo‘lib ishlagan Qobil Beknazarovich Tursunov tomonidan tekstil fabrikasini elektr ta’minoti bilan ta’minlash  ishlariga panja orasidan qaraldi. Chunki, u kishining  ukasi Furqat Beknazarovich Tursunov Xatirchi tumani paxta klastri bo‘lgan “Baxttekstil” MChJ boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotib,  ular tomonidan atayin tekstil fabrikasini tumanda mavjud bo‘lgan elektr energiya tarmog‘iga ulattirmay, sun’iy ravishda “Xatirchi Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatini bankrotlik holatiga olib kelib, o‘zlari egalik qilishga harakat qilishdi. Buni qaranki, tanish-bilishchilik, xo‘jayinlar soyasiga qulluq qilguvchi “Asakabank” ham dabdurustdan o‘zi taklif etgan sherikchilik faoliyatini to‘xtatib, “Xatirchi Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan “urush” ochib, Prezident topshiriqlarini buzib, bajarishdan bosh tortmoqda”, – deydi korxona mas’ullari.

Xalqimizda bir purma’no gap bor, birov tuzarkan, birov esa buzarkan. Ko‘rinib turibdiki, tadbirkor boshlagan ish manzil yarimida so‘nib qolgan. Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan islohot bo‘yicha mazkur sanoat zonasida sifatli xom-ashyoni ishlab chiqarish uchun yetarli texnik imkoniyatlarga ega bo‘linsada, ammo ayrim sabablarga ko‘ra ko‘zlangan natija xamon amalga oshmayapti. Ho‘sh, endi shu yerda bir savol tug‘iladi, Navoiy viloyatdagi filiali bo‘lmish "Asakabank" biznesdagi hamkor sherigi bo‘lmish investorni jalb etishga etganu, biroq Prezident ilgari surgan loyiha doirasidagi ishlar negadir yarim yo‘lda qoldirilib, endilikda tadbirkor bilan tuzgan shartnomaviy kelishuvlarni buzib, xali sudga, xali esa garov bilan mol-mulk sifatida tortib olish bilan aldov yo‘llariga o‘tmoqda ekan? Nega? Tashabuskor, elga manfaat keltirish uchun xalollik bilan ishlashga kirishgan Zavqiddin Mahmudovni parokanda ahvolga solish nega bank uchun kerak bo‘lib qoldiykin? Yoki yuqorida aytilganidek, uchta viloyatdagi hamkor sheriklarni barbod qilganidek, navbat Xatirchi tekstilni ham shu ko‘yga solishi, ayni damda yurt rahbarining qo‘ygan rejasiga bank tomonidan sovuqqonlik bilan qarash emasmi? Yoki o‘ziga zimdan sherik bo‘lgan manfaatdor kimsalarning "zakasnoy" foydasiga hal qilib, "Asakabank" nog‘orani chalib,  "o‘yin" boshlashimi bu? Afsuski, jamiyat yuziga tushgan manfatparastlik, korrupsiya, tamagirlik, ko‘zbo‘yamachilik, tarafkashlik vahokazo, boshqa illatlar kasali "in" quraverar ekan, millat ravnaqi gurkiramaydi! Tushovlarni olib tashlash vaqti keldi! Xali ham kech emas. "Asakabank" hamkor sherigi "Xatirchi tekstil"ga quloq osib, ish yuritishlari kerak. Masalaga faqat bir yoqlama yondashish kerak emas.  Ahir, Chuvak qishlog‘ida xamon minglab xalq ish bilan ta’minlanishlarini, qora qozoni qaynashini kutib yashashmoqda. Bunda Navoiy viloyati hokimligi va Xatirchi tuman hokimligi ham qo‘l qovushtirmay, 4 yildan buyon bosh suqib eshigi qolmagan, Prezident topshirig‘ini bajarishga astoydil sobit qadam tashlagan Zavqiddin Mahmudovning yurt ravnaqi yo‘lida boshlagan ishini adolatli hal etilishida jiddiy nazoratga olishlarini so‘raymiz! Albatta, biz mavzuga yana qaytamiz.

Ko‘rsatuvni to‘liq holda videoda kuzatishingiz mumkin.

Sherzod Dehqonov, Human.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан