Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xatirchida hokimni sudga bergan fermer vafot etdi. Marhumning qarindoshlari ushbu o‘limni shubhali deb hisoblamoqda
10.12.2020 16:40,  
1238

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning «Polvonota» MFY hududidan o‘tgan ariqdan topilgan, deya xabar qilmoqda «Xabar.uz».

Bosh prokuratura matbuot xizmati fermerning jasadi 2020 yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini bildirdi.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug‘ilayotgani, ularning vajlarini to‘laqonli tekshirilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilingan. Hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан