Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy 5 kunda 1,5 ming o‘rinli COVID-19 shifoxonasini qurdi
17.01.2021 11:28,  
236

Xitoy Hukumati koronavirusning yangi turi bilan kasallanganlar uchun vaqtinchalik shifoxonalar qurishni qayta boshladi va so‘nggi besh kunda mamlakat shimolidagi Xebey provinsiyasida 1,5 ming palatali ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasini qurib bitirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxona Nangun shahrida joylashgan, u yerga qo‘shni hududlardan ham bemorlar olib kelinadi. Yaqin vaqtlarda Hukumat jami 6,5 ming maxsus xonasi bo‘lgan yana oltita shunday ob’yekt qurishni reja qilgan.

Standart xonaning maydoni 18 kv m.ni tashkil qiladi. Har bir xona yaxshi shamollatiladi va isitiladi. Shuningdek, internetga ulanish imkoniyati va hammom ham bor.Shu bilan birga, Xebeyning ma’muriy markazi Shiszyachjuan shahrida 3 ming palatali analogik tibbiyot markazi barpo etilmoqda.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda so‘nggi ikki hafta ichida koronavirus tarqalishi kuzatilgan. Ayni paytda mintaqadagi shifoxonalarda 850 ga yaqin bemorlar bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан