Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy AQSh razvedkasining COVID-19 kelib chiqishi haqidagi xulosalarini yolg‘on va ilmiy jihatdan asossiz deb atadi
2.11.2021 08:42,  
95

Amerika razvedka hamjamiyatining hisobotida keltirilgan koronavirusning kelib chiqishi haqidagi xulosalar ishonchsiz va ilmiy asosga ega emas. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbinga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

30 oktyabr kuni e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, AQSh razvedka hamjamiyati COVID-19 kelib chiqishi haqidagi ikkita farazga bir ovozdan bo‘lmasa-da, haligacha ishonmoqda: virusning hayvondan insonga tabiiy yo‘l orqali yuqishi yoki «Uxandagi laboratoriya ishi bilan bog‘liq hodisa».

Shuningdek, hisobotda koronavirusning kelib chiqishi haqida yakuniy xulosaga kelish uchun Xitoyning yordami zarurligi aytiladi.

«Biroq Pekin tekshiruvga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda, ma’lumotni oshkor qilishdan qochib, aybni boshqa davlatlar, jumladan, AQShga yuklamoqda», — deyiladi hisobotda.

Bunga javoban Van Venbin shunday dedi: «Ming marta takrorlangan yolg‘on baribir yolg‘onligicha qoladi. Ushbu hisobot necha marta nashr etilmasin yoki qancha versiyalar to‘qib chiqarilmasin, u ilmiy asosga ega bo‘lmagan, ishonchsiz, butunlay siyosiy xususiyatga ega va yolg‘on xabarlarning mohiyatini o‘zgartirmaydi».

Uning ta’kidlashicha, virusning kelib chiqishini o‘rganish «jiddiy va murakkab ilmiy muammo bo‘lib, tadqiqotni faqat butun dunyo olimlari hamkorlik asosida olib borishi kerak va faqat ular buni amalga oshira oladi».

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni «siyosiy manipulyasiyaga berilib ketgan», bu epidemiyaga qarshi kurashda global ilmiy hamkorlikka faqat zarar yetkazishi va bundan ham ko‘proq insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан