Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy birdaniga 22 ta vaksinani sinovdan o‘tkazadi
11.07.2021 14:11,  
88

Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining oziq-ovqat va farmatsevtika bo‘yicha davlat boshqarmasi vakili Yuan Lin ma’lum qildi. «XXR oziq-ovqat va farmatsevtika davlat boshqarmasi besh xil texnologiya asosida ishlab chiqarilgan 22 ta COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarini allaqachon ma’qullagan», — dedi Yuan Lin Pekindagi matbuot anjumanida.

Ta’kidlanishicha, COVID-19’ga qarshi vaksinalarning to‘rttasini shartli ravishda bozorga chiqarish uchun ruxsat berildi, yana uchtasi mamlakatda favqulodda foydalanish uchun tasdiqlandi.

XXR bosh epidemiologi Chjun Nanshanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda adenovirusli vektorga asoslangan vaksinalar va nofaol vaksinalar eng tezkor ravishda ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, u tadqiqotlarda qatnashgan ko‘ngillilarni klinik sinovlardan so‘ng kuzatib borish zarurligini ta’kidladi, bu odatda bir yildan ikki yilgacha davom etadi, ammo COVID-19 tarqalish tezligi va ko‘lamini hisobga olgan holda ushbu kasallikka qarshi vaksinalar bozorga odatdagidan tezroq kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан