Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy. Katta Qizil Ajdar 70 yoshda
21.09.2019 19:14,  
2943

1 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi nishonlanadi. Xozirgi Xitoyning paydo bo‘lishi, uning ikki buyuk dunyo kuchlaridan biriga aylanishi bizning davrimizning eng muhim voqealaridan biridir. Ushbu tahlilda 1949 yilda Mao Szedun rahbarligi ostida tug‘ilgan Xalq Respublikasini yaxshiroq tushunishga imkon beradigan ba’zi muhim xususiyatlarni ko‘rib chiqmoqchimiz.

Xitoy klassik kommunistik mamlakatmi?

Xitoy odatda "kommunistik" mamlakat deb hisoblanadi. Boshqaruv Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) tomonidan samarali nazorat qilinadi. Ammo Xitoy qay darajada kommunistik mamlakat? Masalan, dunyodagi eng katta tengsizlikka ega bo‘lgan davlatlardan biriga aylangan davlatni kommunistik mamlakat deb hisoblash, shubhasiz, to‘g‘ri emas.

1949 yilda Mao o‘zining ajoyib iborasini aytdi: "Xitoy xalqi tiz cho‘kkan yeridan qaddini rostlab turdi". U kapitalizm ustidan kommunistik inqilobning g‘alabasi, proletariat va dehqonlarning g‘alabasi haqida gapirmadi... "Xitoy turdi" iborasining asosiy ma’nosi miliy o‘zlikni anglab yetishda edi: o‘nlab yillar davomida tashqaridan bosqinchilikka uchragan xitoy millati ko‘plab jarohatlarga duchor bo‘lganida, u o‘zining suverenitetini tiklash uchun yangi bosqichni boshladi va asta-sekin o‘zining zaif tomonlarini yengib chiqishga, shuningdek, o‘z aholisi va tarixiga mos keladigan buyuk kuch rolini tiklashga kirishdi.

Boshqa tomondan, "yangi" kommunistik Xitoy an’anaviy Xitoy bilan yaqin aloqada bo‘ldi. Chunki Xitoyning asrlar davomida shakllangan tarixi, madaniy va ijtimoiy an’analarisiz “Xalq Respublikasi”ni yaxshi tushunib bo‘lmas edi.

Xitoy Kommunistik partiyasi – Zamonaviy top menedjerlar boshqaruvi

Xitoy Kommunistik partiyasi "maxsus" partiya. Bu dunyoning boshqa qismlarida mavjud bo‘lgan partiyalar singari klassik siyosiy partiya emas. Partiya mamlakatni boshqarish uchun javobgar bo‘lgan odamlarni birlashtiradigan uyushma.

Shu ma’noda, imperatorlik davridagi mandarinlarning imperiya byurokratiyasi tizimi bilan bir qator o‘xshashliklar mavjud. Bir tomondan, ikkala tizimda ham hukumat vazifalari "professionallar"ga, ya’ni ma’muriyatda mas’uliyatli lavozimlarni egallashga maxsus tayyorlangan mandarinlarga yoki partiya kadrlariga topshiriladi.

Bular meritokratik tizimlar bo‘lib, bunda siyosiy pozitsiyalar o‘zlarining imkoniyatlari va partiyaga sodiqligini namoyish etgan xolda, hokimiyat iyerarxiyasiga ko‘tariladilar. Shunday qilib, tizim juda yaxshi tayyorlangan rasmiy sinfni yaratadi, ular o‘z funksiyalarini yuqori darajadagi samaradorlik bilan bajaradilar.

Partiyaning “xaqi bor”

Xitoy Xalq Respublikasi boshidan kechirgan barcha parvozlar va qulashlarga qaramay (Katta sakrash, madaniy inqilob va boshqalar) Kommunistik partiya, xitoy xalqi oldida legitimlikning muhim asosini saqlab qoldi. Ushbu qonuniylik asosan ikkita omilga asoslanadi. Birinchisi, partiya Xitoyga birdamlik va milliy suverenitetni qaytarib berdi, unga XIX asr o‘rtalaridan beri davom etgan inqirozni yengib o‘tishga imkon berdi, Xitoyni xalqaro hamjamiyatdagi qo‘rqinchli va hurmatli kuchga aylantirdi.

Bir necha asrlar davomida Xitoyning siyosiy falsafasi, birlikni hukmdorlar faoliyatining muhim maqsadi deb hisoblagan. Birlik va milliy suverenitetni tiklash Kommunistik partiyani qonuniylashtirishning birinchi manbai bo‘ldi. Uzoq tarixda ham Xitoy o‘zining "bir imperiya, bir byurokratiya, bir mafkura” shiori ostida yashagan edi. (“Bir makon, bir yo‘l” loyihasini eslang) Agar bu “birlik" siyosati sulolalarning an’anaviy boshqaruvini bergan bo‘lsa, Xitoy Kommunistik partiyasining Chan Kay Shining (XKP bilan hokimiyat uchun kurashgan Gomindan partiyasining lideri) qo‘lidan kelmagan - materik Xitoyni birlashtirishdagi katta muvaffaqiyati, partiyaga an’anaviy "osmon mandati" ni berdi.

Dunyo iqtisodiyotidagi “Tanos”

XPKning ikkinchi qonuniylik omili so‘nggi qirq yildagi islohotlar bosqichi bilan bog‘liq. Partiya Xitoyni dunyodagi ikkinchi eng katta iqtisodiyotga aylantirgan, aholining turmush sharoitini sezilarli darajada yaxshilagan, katta iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Shaxsiy erkinliklar va fuqarolar uchun ochiq bo‘lgan imkoniyatlarni ko‘paytirdi.

Xitoyda olib borilgan islohotlar, tarixda eng katta iqtisodiy inqilobni keltirib chiqardi. Dunyo tarixida Xitoygacha bunday katta aholi guruhi, bunchalik qisqa vaqt ichida iqtisodiy va moddiy turmush sharoitlarining bunday keskin ko‘tarilishini boshdan kechirmagan. Shuningdek, Xitoy bir necha yillar davomida texnologiyada global kuchga aylanish qobiliyatini namoyish qildi. Bu ultraliberal tahlilchilarning “Avtoritar siyosiy rejimlarga ega davlatlar, innovatsiyalar uchun jiddiy cheklangan” degan nazariyasiga ziddir. Xitoy allaqachon yangi texnologiyalarning ayrim sohalarida, elektron tijorat va uyali telefonlar sohasida dunyoda yetakchidir.

Xitoy Xalq Respublikasi evolyusiyasining to‘rt bosqichi

Si Szinpinning hokimiyat tepasiga kelishi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘z taraqqiyotida to‘rtinchi bo‘lgan yangi bosqichga qadam qo‘ydi deyish mumkin. Oldingi uchta bosqich quyidagilar:

- Xitoy Xalq respublikasi tashkil etilgan 1949 yildan Madaniy inqilob boshlangan 1966 yilgacha davrlar. Bu mamlakatning yangi siyosiy va iqtisodiy tizimining poydevori qo‘yilgan bosqichdir.

- 1966 yildan 1976 yilgacha: katta ichki burilish va tashqi izolyasiya bilan ajralib turadigan madaniy inqilob bosqichi.

- Mao vafotidan keyin qisqa o‘tgan davr (1976 yilda) Den Syaopin o‘z kuchini mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa, 1978 yildan uchinchi bosqich boshlanadi, bu islohotlar va tashqi dunyoga ochilish davridir.

- To‘rtinchi bosqich 2012 yilda Si Szinpinning hokimiyatga kelishi bilan boshlandi. Ushbu bosqich yanada qat’iy tashqi siyosat, ichki siyosatdagi intensivlik, avtoritarizmni mustahkamlash va islohotlarning birinchi o‘n yilliklaridan (investitsiyalar, eksport, tejash va kapital jamlash) iqtisodiy modelning o‘zgarishi - iste’mol, xizmatlar va texnologiyalarga aniq turtki beradigan omillar bilan farqlanadi

Demokratiya va Xitoy

O‘nlab yillar davomida Xitoy siyosiy tizimini, iqtisodiy rivojlanish va demokratlashtirish o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariyasiga asoslangan holda tahlil qilish ustuvor tendensiya bo‘lib keldi. Bu o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish Xitoy siyosiy tizimining ilg‘or mamlakatlarning siyosiy tizimi bilan "yaqinlashishi" ga olib kelishini tahmin qilishga asos bo‘lgan edi. G‘arb, Xitoy ko‘p partiyali, erkin saylovlar orqali hokimiyat almashadigan demokratiyaga aylanadi deb o‘ylagan edi.

Ushbu nazariya bo‘yicha modernizatsiya va iqtisodiy o‘sish, jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishni talab qiladigan o‘rta va boy sinflarning ko‘payishiga olib keladi deb tushuniladi. 1989 yildagi “Tyananmen inqirozi”, ushbu yondashuvga ko‘ra, iqtisodiyotning rivojlanishi va siyosiy tizimning harakatsizligi o‘rtasidagi qarama-qarshilik natijasida yuzaga kelgan deb hisoblanar edi.

Boshqa tomondan, rivojlangan iqtisodiyotning murakkabligi, uning samaradorligini ta’minlash uchun demokratik mexanizmlar ishtirokini talab qiladi.

Bunday yaqinlashuv Xitoyda yuz bermadi. Aksincha, so‘nggi yillarda ko‘proq erkinlashtirish tendensiyasida inqiroz kuzatilmoqda. Si Szinpin davrida rejimning avtoritar xususiyati kuchaytirildi, dissidentlarga qarshi qatag‘onlar kuchaygan va albatta eng muhim xolatlardan biri - Uyg‘urlar muammosi yana katta sahnaga chiqmoqda.

Xitoyda demokratiya yoki demokratik islohotlar haqida gap ketganda, odatda ko‘p partiyaviylik, erkin saylovlar yoki hokimiyat almashinuvi haqida gap ketmaydi. Aksincha, qonunlarning kengayishi va hurmat qilinishi, hokimlarning fuqarolar oldida javobgarligi, suiste’molliklar, o‘zboshimchalik va korrupsiyani to‘xtatish uchun choralar ko‘rish haqida gap boradi. Ya’ni, ko‘plab xitoyliklar demokratiya va demokratik islohotlarni o‘tkazish zarurati haqida gaplashganda, ular XKPning asosiy roli yo‘q bo‘lib ketishi va ko‘p partiyali rejim o‘rnatilishi kerakligini nazarda tutmaydilar.

Xitoy jamiyatining madaniy va ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlariga qaramay, Tayvan liberal demokratiya ularga mos kelishini namoyish etmoqda. Istiqbolda kelajak hamisha o‘zgarishga tayyor.

Va nihoyat, shuni aytish mumkinki, Xitoyda nima sodir bo‘lsa, Xitoy nimani qaror qilsa, buni deyarli barcha mamlakatlarga aloqasi bor. Xitoyning yuksalishi, uning dunyoda birlashishni osonlashtirishga urinishi, uning barqarorligi uchun zarurdir. Bu esa xalqaro hamjamiyatning eng katta muammolaridan biridir.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан