Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy konida odamlar kamida ikki hafta qamalda qolishlari mumkin
23.01.2021 12:17,  
87

XXR Shandun viloyatidagi Xushen oltin koniga kirish yo‘lagi portlash tufayli yopilib qolgan, ishchilar ichkarida qolib ketgan. Konchilarni chiqarishga 14 kundan ko‘proq vaqt ketishi mumkinligi taxmin etilyapti. Bu haqda maxsus qutqaruv guruhi bayonot bergan.

Xabarlarga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgandan bir hafta o‘tgach, nihoyat tirik qolgan 11 ishchi bilan aloqa o‘rnatildi. Hozircha voqea joyida bir kishi halok bo‘lgani ma’lum, yana o‘ndan ortiq konchining taqdiri noaniq.

E’tiborli jihati, favqulodda xizmat xodimlari qutqaruv ishi to‘liq yakunlangunga qadar qamalib qolganlarga oziq-ovqat yetkazib berish maqsadida kichik-kichik teshiklar qazishgan.

Rasmiylar ta’kidlashicha, hanuz kirish qismida yuz bergan portlash sababi aniqlangani yo‘q.
Aloqaga chiqqan konchilar o‘zlaridan, taxminan, 100 metr pastroqdagi yana bir ishchi bilan bog‘lanishgani, keyin aloqa uzilib qolganini aytishdi.

Ayni paytda odamlarni hodisa joyidan olib chiqish maqsadida tor tuynukni kattalashtirishga harakat qilinmoqda. Qutqaruv guruhi ishi juda qiyin kechyapti, chunki burg‘ilashda qattiq granitdan o‘tib olish kerak bo‘ladi.Bundan tashqari, maxsus xizmatchilar yana bir muammoga duch kelishi xavfi bor: konchilar qamalib qolgan yer osti bo‘shlig‘ini tez orada suv bosishi mumkin.Omon qolganlar arqonga bog‘lab chiqarilayotgan qog‘ozda yozuv orqali konda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot yetkazib turishibdi.

Qayd etib o‘tish kerak, Xitoyda sanoat xavfsizligi muammosi bilan bog‘liq tog‘-kon hodisalari tez-tez uchrab turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан