Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xizmat safarlari xarajatlarini qoplash tartibi o‘zgardi
14.09.2019 16:14,  
334

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 1268-1, 13.09.2019 y.).

Endilikda yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmagan xizmat safarida bo‘lgan byudjet tashkiloti xodimlariga har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)*ning 0,08 foiz miqdorida yo‘l xarajati to‘lanadi (ilgari bu masalani belgilangan talablar asosida korxona rahbarining o‘zi hal qilgan).

Boshqa tashkilot xodimlariga jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda biroq, har bir kilometrga BHMning 0,08 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda yo‘l haqi to‘lanadi.

Shuningdek, mehmonxonalarning lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, ushbu nomer qiymatining 70 foizigacha miqdori byudjet mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi (ilgari faqat 70 foiz miqdorida qoplab berilgan).

Xizmat safarida ijarada turganlik bo‘yicha hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida (44 600 so‘m) xarajatlar qoplanadi (ilgari eng kam oylik ish haqining 2 foizi (4 460so‘m) miqdorida qoplangan).

Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran 3 ish kun mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart (ilgari 3 kun bo‘lgan).

*Hozirda bazaviy hisoblash miqdori 223 000 so‘mni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан