Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xomilador ayol koronavirusga chalinsa, qanday muolaja qilish kerak?
13.10.2020 18:10,  
613

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova koronavirus infeksiyasi va uni davolash bo‘yicha muhim savollarga javob qaytardi.

— Men homiladorman, o‘zimni yaxshi xis qilayapman, lekin PZR  test natijalari musbat chiqdi. Qanday muolaja olishim kerak? 

 — Izolyasiya va davolash tadbirlari ixtisoslashgan (COVID-19 bo‘yicha maxsus tug‘ruq kompleksda) yoki uyda (o‘z-o‘zini izolyasiya qilgan holda) amalga oshiriladi.

Homiladorlik davrida o‘sayotgan homila ayolning o‘pka va yuragini bosa boshlaydi, bu esa organizmda qon aylanishini qiyinlashtiradi. Agar homilador ayol COVID-19 bilan jiddiy kasallangan bo‘lsa, bu uning ahvolini yomonlashtiradi va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun bunday ayollar kuzatuvda bo‘lishlari shart. 

Kasallikning yengil yoki asimptomatik shakliga gumon qilingan bemorni tibbiyot muassasasi yoki uy sharoitda kuzatish to‘g‘risidagi qaror har bir ma’lum holatda individual ravishda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatishning mahalliy marshrutini hisobga olgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, ushbu qaror klinik ko‘rinish, qo‘llab-quvvatlovchi davolanishga bo‘lgan ehtiyoj, og‘ir asoratlar yuzaga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial xavf omillari va uy sharoitlariga, shu jumladan, bemor zaif odamlar bilan birgalikda yashashiga bog‘liq bo‘ladi.

Homilador ayollarda quruq yo‘tal, haroratni ko‘tarilishi, nafas qisilishi, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, mushakda og‘riq alomatlari paydo bo‘lganda uydan chiqmagan holda yashash manzilidagi uchastka shifokoriga yoki ayollar maslahatxonalariga tibbiy yordam uchun murojaat qilishlari zarur. Imkon qadar tibbiy yordam uchun erta murojaat qilish va davolashni erta boshlash kerak, bu esa sezilarli darajada sog‘ayishni ta’minlaydi. 

Homiladorlar uchun eng xavfsiz dori-vosita paratsetamol hisoblanadi. Ushbu dori vositasini qabul qilsa bo‘ladi, lekin miqdori kuniga 4 g dan oshmasligi kerak. Ko‘proq suyuqlik ichib turish tavsiya etiladi. 

Esda tutish lozim! Homiladorlik davrida har xil dorilarni shifokor nazorati va tavsiyasisiz ichish man etiladi. 

Statsionarga gospitalizatsiya qilish uchun ko‘rsatmalar quyidagilardir: 

yuqori isitma, yo‘tal kuchayishi, nafas qisilishi va tez-tez nafas olish, shuningdek, yondosh somatik kasalliklarning simptomlari kuchayib borishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан