Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi
21.12.2020 20:31,  
1279

Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh. M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan 9 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. To‘plangan dalillar asosida, sudning 21 dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh. M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan 9 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari bormoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Sh. M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etib, tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etishgan. Shundan so‘ng, jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Ishda to‘plangan dalillar asosida xonandaga nisbatan 118-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21 dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori Ravshan Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi.

Ayblov sudda isbotlansa, sudlanuvchi 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, nomusiga tekkani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot bergan edi. Unga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borish belgilangan edi. Keyinchalik, tekshiruv harakatlaridan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан