Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm epidemiologik vaziyat tufayli “sariq” hududga kiritildi 
6.05.2020 18:27,  
291

Xorazm viloyati bo‘yicha 6 mayga qadar 231 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan. Shu kungacha ularning 154 nafari kasallikdan butunlay sog‘aygan. 77 nafari ayni paytda shifoxonalarda davolanmoqda.

Davolayotganarning 40 nafari joriy yilning 22 mart kuni Novosibirsk – Urgench  yo‘nalishida va 21 nafari Moskva-Urgench yo‘nalishida charter reys bilan kelgan fuqarolar, 13 nafari kasallikka chalingan ushbu fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olganlar, yana 3 nafari  yuk mashinalari haydovchilaridir. Ularning ahvoli qoniqarli, tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda.

5 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi. Shunga ko‘ra, Xorazm mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “sariq”, ya’ni o‘rta xavfli hududga kiritildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан