Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda kanalizatsiyaga tushgan uch kishi tirik chiqmadi
6.09.2021 16:59,  
385

2021 yil 27 avgust kuni soat 17:20 larda viloyat IIBning «102 CALL CENTR» markazi operatori Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, «Orzu» mahallasida noma’lum uch nafar fuqaro kanalizatsiya quvuri ichiga tushib ketib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.

Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolar X.Shukurulloyev, O.Kurbanov va Sh.Kurbanovlar Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, «Orzu» mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushishganida, kamera ichida to‘planib qolgan zaxarli gazdan zaxarlanib, hodisa joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 27.08.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari ish yurituviga o‘tkazilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан