Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijda ishlovchi fuqarolar soliq to‘laydimi? Soliq qo‘mitasi izoh berdi
8.11.2020 22:15,  
369

Prezidentning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uchun soliq joriy etilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga  muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan  olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.  

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga IXTIYoRIY RAVIShDA ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50% miqdorida belgilangan, bu hozirgi vaqtda 111 500 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q.

Ushbu chora mehnat muhojirlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ularni moddiy himoya qilish kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан