Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijdan kelganlar karantinni mehmonxonada ham o‘tkazishi mumkin
22.06.2020 22:16,  
214

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning hohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berildi.

Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. 

Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxatini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.  

Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada o‘tkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda o‘tkazishning vaqtinchalik tartibiga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан