Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xushnudbek Xudoyberdiyev:Tonirovkadan tushgan pullar qayerga ishlatiladi?
20.01.2021 11:19,  
606

Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z telegram sahifasida tonirovka mavzusiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Tonirovkadan tushgan pullar qayerga ishlatiladi?

Aytgancha, mavzu ochilganda yana bir narsani eslatib o‘tishimiz zarur.

Ko‘pchilik tonirovka haqida gap ketganda «davlat byudjeti» degan jumlalarni ishlatmoqda. «Davlat buncha foyda qilmoqchi, byudjetga buncha pul tushirmoqchi» degan fikrlarni o‘qib, aslida tonirovkadan tushgan pullar nimaga sarflanishi haqida ma’lumot berishni joiz deb bildim.

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi qarorning  2-bandida tonirovkadan tushgan pullar qayerga sarflanishi aniq ko‘rsatilgan. Demak, tushgan mablag‘lar quyidagilarga maqsadli yo‘naltiriladi:

Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga;

DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;

DYHXX xodimlarini ijtimoiy rag‘batlantirishga;

keyinchalik «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar ko‘rsatish markazi» DUKning tonirovka qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga.

Shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Maxsus jamg‘armasida alohida bank hisob raqami ochilgan.

Ko‘rib turganingizdek, tonirovkadan tushgan pullarning bir tiyini ham umumiy davlat byudjetiga o‘tkazilmaydi. Demakki, tonirovkaning pullaridan maktablar qurilmaydi, shaharlar obod bo‘lmaydi, yo‘llar qurilmaydi, «Obod qishloq» yoki «Obod mahalla» loyihalariga sarflanmaydi, o‘qituvchi yoki shifokorlarning maoshi yoki keksalarimizning pensiyalari oshirilmaydi va h.k.

Tushgan pullar faqat va faqat ichki ishlar organlarining maxsus jamg‘armasiga tushadi, shu tizimga sarflanadi, IIO xodimlarining oyligini oshirishga ishlatiladi.

Balki shuning uchundir IIV mas’ullari tonirovkadan tushum kamayib ketmasligi uchun ruxsatsiz tonirovka o‘rnatishga jarimani 25 baravar (!) ko‘tarishni taklif qilishdi va buni uddalashdi ham. Avval 200 ming so‘m bo‘lgan jarima birdaniga 5 mln so‘mga aylandi. 1 fevraldan 6 mln so‘m bo‘ladi.

Yoki yillar davomida qonunda ruxsat bo‘lsa ham orqa yon oynalarga parda o‘rnatishni asossiz taqiqlab, minglab haydovchilarni noqonuniy jarimaga tortishgani ham hali yodimizdan chiqqani yo‘q.

Takliflar:

1) Hech bo‘lmasa, orqa yon oynaga yilning issiq mavsumida (may-sentyabr) tonirovka o‘rnatish bepul bo‘lishi kerak, qolgan paytlari, mayli, pullik bo‘lsin;

2) Ruxsatsiz tonirovka o‘rnatganlik uchun jarimani keskin kamaytirish va sal mantiqli ko‘rinishga keltirish kerak

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан