Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar soni 129 taga yetdi
2.01.2022 14:33,  
28

2021 yil mamlakatimizda xususiy tibbiyot rivojiga keng yo‘l ochilgan yil bo‘lib tarixga muhrlandi. Ayni paytda yurtimiz tibbiyot muassasalariga 129 turdagi tibbiy xizmatni amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Hozirda mamlakatimizdagi xususiy shifo maskanlari soni qariyb 7000 taga yetgan. Ularning 2215 tasi esa yangi tibbiy ixtisosliklar hisobiga faoliyatini kengaytirdi. 

Ayni paytda 1425 ta xususiy shifoxona statsionar tarzda ish yuritmoqda. Ulardagi o‘rin-joylar 30 mingdan ortiq bo‘lib, sanatoriylar bilan qo‘shib hisoblaganda 40 mingdan ortiq o‘rin-joylar tashkil etilgan.

Davlat tibbiyot tashkilotlaridagi jami 120 ming o‘rin-joylarga nisbatan xususiy shifoxonalardagi statsionar o‘rin-joylar 25 foizni tashkil etmoqda.

2021 yil 1 iyuldan nodavlat tibbiyot muassasasiga kirish uchun oliy tibbiy ta’limni yakunlagan mutaxassislardan malaka toifasi talab qilinmaydigan bo‘ldi.

Yakunlangan yilda xorijiy investitsiya ishtirokidagi xususiy shifoxonalar soni 110 taga yetdi.

Xususiy sektorning davlat tibbiyot muassasalari bo‘sh turgan ob’yektlaridan foydalanishi 2 barobar oshirildi.

2021 yil 1 iyuldan xususiy tibbiyot tashkilotlariga “mobil tibbiyot” bilan shug‘ullanishga, olis va chekka hududlardagi tashkilot va korxonalar tasarrufida faqat o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat tibbiy punktlarni tashkil etishga ruxsat berildi.

Qishloq joylarda tibbiyot bo‘yicha tashkil etiladigan yangi mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovidan, jalb etilgan shifokor va mutaxassislar daromad solig‘idan, ularning daromadlari esa yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod etildi. 

2021 yil 5 mayda Prezidentimizning hamshiralik ishini  o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilgan “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, ushbu faoliyat bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan mutaxassislar shug‘ullanishlari belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан