Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YaIM o‘sishi dastlabki yarim yillikda 0,2% gacha sekinladi
29.07.2020 10:58,  
45

2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 255 252,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

YaIM o‘sishi 2019 yilning mos davridagi 6% ga va 2018 yilning dastlabki 6 oyidagi 5,9% ga nisbatan 0,2% gacha sekinladi.

2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, YaIM tarkibida, tovarlar ishlab chiqarishda 145 423,1 mlrd. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 89 712,7 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 20 116,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 26 072 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2019- yilning yanvar-iyunida –$26 608 mln).

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7 497 ming so‘mni (yoki 766 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 1,8% ga kamaydi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sishi 2018 va 2019- yil yanvar-iyun oylarida mos ravishda 4,2% va 4,1% ni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан