Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi bog‘ va uzumzorlarni rivojlantirishga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi
7.11.2019 21:23,  
270

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 noyabr kuni meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Qishloq aholisi bandligini ta’minlash maqsadida yangi tashkil qilinayotgan kooperatsiyalar negizida 1 gektardan 5 gektargacha ijara asosida yer ajratib beriladi. Yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Xorijiy mutaxassislar ko‘magida tashkil etilgan Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayyan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qo‘yildi.

Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida Farg‘ona vodiysining 22 ta tumanida 31 ta namunaviy kooperatsiya tashkil qilinadi. Har bir kooperatsiyaga kamida 50 nafardan ishsiz fuqaro a’zolikka qabul qilinib, ularga foydalanilmayotgan yerlar, subsidiyalar hamda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Intensiv ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini fermerlarga subsidiya sifatida qoplab berish, 2020 yil 1 apreldan boshlab “sog‘lomlik” sertifikatiga ega bo‘lmagan ko‘chatlarni yurtimizga olib kelib, ekishni to‘xtatish zarurligi qayd etildi.

Mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qoplash va eksport hajmini oshirish uchun meva-sabzavot yetishtirishni yiliga 8-10 foizga ko‘paytirish va qo‘shimcha 1 million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirish zarur. Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat va tumanlar hokimlariga 2020 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan 77 ming gektar maydonga oziq-ovqat ekinlari, ertagi mahsulot yetishtirish uchun 200 ming gektarda to‘qsonbosti usulida sabzavotlar ekilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан