Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yangi O‘zbekiston» bog‘iga olib boruvchi ko‘chaga Yangi O‘zbekiston deb nom beriladi
27.12.2021 09:12,  
138

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xalq deputatlari shahar kengashining 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Yangi O‘zbekiston ko‘chasi loyihasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi loyihasi.

Kadr: «Toshkent» telekanali / «Gazeta.uz»

Bunda gap «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga olib boruvchi ko‘cha haqida bormoqda. Avvallari ushbu ob’yektlar Qibray tumanida edi, 2021 yil avgustida poytaxt chegaralari o‘zgartirilgach, ular Toshkentning Yashnobod tumani tarkibiga kirdi.

Olimpiya shaharchasining loyihasi.

Kadr: «Toshkent» telekanali / «Gazeta.uz»

Shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga tutash hududlarning zamonaviy me’moriy qiyofasini shakllantirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida maxsus direksiya tashkil etilgan. Hozirda «ToshboshplanLITI» instituti va Turkiyaning KEYM kompaniyasi tomonidan loyihaning bosh rejasi ishlab chiqilmoqda.

«Mazkur hududda savdo-maishiy va servis majmualari, mehmonxonalar, universitet, sport maydonchalari, maktablar va bolalar bog‘chalari, turar joy ob’yektlari va biznes markazlari qurilishi rejalashtirilgan», — deya ma’lum qildi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Bo‘lajak Yangi O‘zbekiston ko‘chasi qizil rang bilan ko‘rsatilgan.

Xarita: «Yandeks» / «Gazeta.uz»

Qayd etishlaricha, «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va Ohangaron—Mahtumquli kesishmasi (sobiq TAPOiCh aylanmasi)dagi uch qavatli ko‘prik orasida joylashgan ko‘cha Yangi O‘zbekiston nomini oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан