Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi qaror: oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalar xotin-qizlari grant asosida o‘qitiladi
5.06.2021 08:18,  
4537

2021 yil 3 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020 yil 23 iyundagi 402-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi №338-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

— kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;
— to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yohud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
— turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
— nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Oilaning ehtiyojmandlik darajasini “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etildi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar o‘z arizalarini aziz-ayol.uz saytiga elektron shaklda joriy yilning 8 iyunga qadar topshirishlari lozim (8 iyun kuni ham).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан