Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi rekord bilan oltin medal qo‘lga kiritildi!
30.08.2021 07:21,  
343

Hozirgina para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.

Ta’kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. U BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini o‘rnatgan edi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан