Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi so‘z
3.10.2019 07:15,  
990

Bir safar adib Nurulloh Muhammad Raufxon aka bilan suhbatimizda u kishi 1989 yilda “Til haqidagi qonun” loyihasini tayyorlashda ishtirok etganlari haqida so‘zlab, bir narsani aytib berdilar:

”O‘sha paytda ko‘plab davlatlar, xususan, Fransiya, Latviya, Litva, Estoniya va boshqa mamlakatlarning til haqidagi qonun-qoidalarini ko‘rib chiqqanmiz. Shunda qaysidir jurnalda Misrda ajnabiy – chet tildan o‘zlashgan so‘zlarni qanday tarjima qilish va adabiy tilda qo‘llash usullari haqidagi maqolani o‘qigandim...”

Ayni maqolada nima deyilganini quyida soddaroq qilib tushuntirib berishga harakat qilaman.

Demak, bir ajnabiy, ammo xalq tiliga o‘zlashib ketgan so‘zni mahalliy tilga tarjima qilish va shu bilan bir vaqtda undan keng omma foydalanishini ta’minlash kerak. Buning uchun o‘sha ajnabiy so‘zni bir matn tarkibida ketma-ket, turli misollar bilan keltiramiz.

Bunda matndagi birinchi abzats(xatboshi)da avval o‘sha ajnabiy so‘zni, qavs ichida esa uning mahalliy tildagi, endigina qilingan tarjimasini keltiramiz. Tabiiyki, bu yangi so‘z ko‘zimizga begona ko‘rinadi, uning ma’nosini dabdurustdan tushunmasligimiz ham mumkin. Ammo qavsdan oldin turgan hamma tushunadigan so‘z yangi tarjima qilingan so‘zga izoh berib ketadi.

Matndagi keyingi xatboshi(abzats)lardan birida ajnabiy so‘z va uning mahalliy tildagi yangi tarjimasining o‘rnini almashtiramiz: endi yangi so‘z asosiyga chiqadi, uni izohlovchi ajnabiy so‘z esa qavs ichiga olinadi. Bu vaqtga kelib yangi so‘zning shakliga, ma’nosiga ancha tushunib qolgan bo‘lamiz.

Matnning oxirrog‘idagi xatboshilarga borganda endi ajnabiy so‘zni ishlatishga hojat qolmaydi, uning o‘rnini bosuvchi mahalliy tildagi muqobili to‘liq o‘zimizniki bo‘lib qoladi.

Xullas, chet tildan kirib kelgan so‘zni mahalliy tilga tarjima qilib, uni tezroq muomalaga kiritish usuli shunday. Menimcha, yuqoridagi matnda bu usul qaysi so‘z ustida amalga oshirilganini tushundingiz. (Aslida, bu yangi tarjima qilingan so‘z emas. Shunchaki, misol sifatida tanlab olindi.)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан