Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘l shahar poliklinikasi koronavirus chiqqani uchun karantinga yopildi
27.04.2020 12:46,  
520

Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Yangiyo‘l aholisi shahar poliklinikasida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlardan bezovta bo‘lmoqda (shahar markazini yopishdi, poliklinikani shifokor va bemorlari bilan birga yopishdi, koronavirus aniqlangan shifokorlarni eski sana bilan mehnat ta’tiliga rasmiylashtirishgan). Infeksiya aniqlanganlar soni va ular orasida shifokorlar ham borligi to‘g‘risida rasmiy xabar bera olasizmi?

— Biz  Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik agentligining Toshkent viloyati bo‘limi bosh shifokoridan rasmiy javob oldik. Unga ko‘ra, haqiqatan 22 aprel kuni Yangiyo‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi o‘rta tibbiy xodimda COVID-19 ga test tekshiruvida musbat natija tasdiqlangan.

Tartib-qoidalarga ko‘ra, poliklinikaning 198 nafar xodimi va ular bilan aloqada bo‘lganlar O‘rta Chirchiqdagi karantin shaharchasiga kuzatish uchun joylashtirildi.

Savoldagi qolgan barcha faktlar (shahar markazini yopishdi, poliklinikani shifokor va bemorlari bilan birga yopishdi, koronavirus aniqlangan shifokorlarni eski sana bilan mehnat ta’tiliga rasmiylashtirishgan) haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан