Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘lda 8 yashar qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U muqaddam odam o‘ldirish va bosqinchilik jinoyati uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi
4.02.2021 16:14,  
571

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida o‘quvchi qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan va qochib ketgan notanish shaxs to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi. Bugun ushbu noma’lum shaxs Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

2021 yil 29 yanvar kuni soat 12:10larda Yangiyo‘l shahar 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1-sinf o‘quvchisi A.S.ni maktabdan chiqqan vaqtida noma’lum shaxs qo‘lidan ushlab, “Yur, seni onang kutib turibdi, men oldiga olib boraman” deb aldab, Yangiyo‘l shahar vokzali tomonga olib ketgan. Vokzal ko‘chasida joylashgan kabobxona ishchisi fuqaro Abdulaziz Obidov yosh qizchaning yig‘lab qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, qo‘lidan yetaklab ketayotgan erkak kishiga e’tibor qaratib, ular tomon yugurib borgan. Buni ko‘rgan noma’lum shaxs qizchani qoldirib qochib ketgan. 

Fuqaro Abdulaziz Obidov qizaloqni sog‘-salomat ta’lim olayotgan maktabiga yetkazib, sinf rahbariga topshirgan. Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 4 fevral kuni soat 10:00larda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni Oqqo‘rg‘on tumani markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hududida qo‘lga olib, Quyi Chirchiq tumani IIBga topshirgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi bilan sudlangan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан