Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘lda sodir bo‘lgan ayanchli voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura
30.11.2020 19:00,  
693

2020 yilning 30 noyabr kuni ertalab Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqqani, buning oqibatida xonadon boshlig‘i va uning bir nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etib, oila bekasi va yana bir voyaga yetmagan farzandi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tuzilgan tergov-tezkor guruhining dastlabki xulosasiga ko‘ra, yong‘in (to‘g‘rirog‘i, portlash) yer ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib chiqqan gaz to‘planib, havo aralashmasi bilan qo‘shilib, yorug‘lik natijasida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан