Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yanvar-fevral oylarida qancha fuqaro xorijga ishlash uchun chiqib ketgani ma’lum qilindi
2.03.2021 18:54,  
277

Yanvar-fevral oylarida 4000 ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Bu haqida Tashqi mehnat migiratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Buning natijasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Janubiy Koreya va BAA ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston fuqarolarini ushbu davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu davlatlar ish beruvchilari va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolarimiz vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

Natijada joriy yilning yanvar-fevral oylarida Rossiya Federatsiyasiga 3209 nafar, Qozog‘iston Respublikasiga 488 nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga 3 nafar, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan fuqarolardan 101 nafari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborildi.

Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’yektlarda ish boshlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан