Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiyada oktyabr oyida o‘z joniga qasd qilganlar soni 2020 yilda mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar sonidan ham oshib ketdi
2.12.2020 19:37,  
475

Yaponiyada oktyabr oyida o‘z joniga qasd qilganlar soni ushbu mamlakatda butun 2020 yil davomida koronavirusdan vafot etganlar sonidan oshib ketdi. Bu haqda hukumat keltirgan ma’lumotlarga tayanib, CNN nashri xabar bermoqda.

Yaponiya politsiyasining hisobotiga ko‘ra, oktyabr oyida 2153 kishi o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Yil boshidan buyon koronavirusdan vafot etganlar soni esa 2087 kishiga yetdi. Ta’kidlanishicha, o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilga nisbatan ayollar orasida 83 foizga, erkak orasida esa 22 foizgacha oshib ketgan.

Mahalliy ekspertlarning aytishicha, o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payishining asosiy sababi pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar va qisman xodimlarning ishdan bo‘shatilishi bilan bog‘liq. Shuningdek, bu holat ko‘proq ayollar band bo‘lgan sohalarda yuzaga kelgan inqiroz tufayli, ular ko‘proq ishdan bo‘shatilgani bilan ham izohlanmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, mart oyida 21 yoshli talaba pandemiya vaqtida ruhan qiynalgan insonlarga yordam berish uchun call-markazni ishga tushiradi. Unga asosan, ishidan ayrilib farzandlarining taqdiridan xavotirlangan onalar va onlayn ta’lim olishda qiynalayotgan o‘quvchilar qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Markazga kuniga 200 ga yaqin mijozlar qo‘ng‘iroq qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан