Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin kunlarda benzin narxi barqarorlashi kutilmoqda – MQKQ vakili
16.11.2021 18:33,  
310

O‘zbekistonda ikki hafta ichida benzin narxi o‘zgarishi kutilmoqda.  Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan. Ko‘rsatmalar berilib, choralar ko‘rilyapti. Bu bo‘yicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti.

“Xususan, benzin narxi oshishida ham manipulyasiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun’iy ravishda annulyasiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga albatta kerakli choralar ko‘riladi. Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etyapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda o‘zgarish bo‘ladi”, - dedi Karabayev.

Uning ta’kidlashicha, ayni paytda bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e’tibor qaratilyapti.

Avvalroq O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon Ai-80 benzini narxi o‘rtacha 63,2 foizga o‘sgani xabar qilingan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан